---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://browser.yandex.ru/help/en/personalization/tableau.md
  - https://browser.yandex.ru/help/kk/personalization/tableau.md
  - https://browser.yandex.ru/help/ru/personalization/tableau.md
  - https://browser.yandex.ru/help/tr/personalization/tableau.md
  - https://browser.yandex.ru/help/uz/personalization/tableau.md
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/personalization/tableau.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801



# Tablo

## Tablo nima? {#whatis}

Yangi varaqni ochilganda yoki [Aqlli satr](*smart-link) ustiga bosilganda, Tablo paydo boʻladi. Bu eng koʻp kiriladigan saytlarning piktogramma — vidjetidir. Tabloga standart holatda ayrim Yandex xizmatlarining vidjetlari o‘rnatilgan.

Kerakli saytga oʻtish uchun piktogrammani bosing (unda logotip, shuningdek agar havola saytning asosiy sahifasini ochmasa, sahifa nomi ham aks etadi).


{% note tip %}

Tablo yordamida saytni tez ochish uchun quyidagi [tugmalarni](https://browser.yandex.ru/help/uz/useful-features/hotkeys.md) ishlating:

- Windowsda: **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**T**, keyin **Alt**&nbsp;+&nbsp;**1, 2...** tugmasini bosing;

- macOSda: **⌘**&nbsp;+&nbsp;**T** tugmalarini, shundan keyin **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**1, 2...** tugmalarini bosing,

Bu yerda 1, 2... — bu Tablodagi plitka raqamlari (chapdan oʻngga va yuqoridan pastga).

{% endnote %}



![](../_image/tableau-new-sites-2.png){.border-yes}

Tablodagi piktogrammalar to‘plami va ketma-ketligini [oddiy usulda sozlash](https://browser.yandex.ru/help/uz/personalization/tableau.md#edit-tableau) mumkin.


{% cut "Piktogrammalar oʻlchamini oʻzgartirish" %}


- Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.svg) tugmasini bosing.

- **Tablo** boʻlimida **Plitkalar oʻlchami** → **Kichik**, **Oʻrta** yoki **Katta** bandini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Tablo kengligini oʻzgartirish" %}


- Ekranning boʻsh joyiga sichqonchaning oʻng tugmasini bosing - kontekst menyu paydo boʻladi.

- **Tablo kengligi** → **Kichik**, **Oʻrta**, **Katta** yoki **Brauzer oynasiga moslashtirish** buyrugʻini tanlang.

Agar **Brauzer oynasiga moslashish** tanlansa, [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) oynasi kichraytirilganda piktogrammalarning oʻlchami ham oʻzgaradi.


{% endcut %}


## Tablo uchun saytlarni avtomatik ravishda tanlash {#auto}

Oʻrnatish paytida Brauzer Tabloni avtomatik ravishda shakllantiradi:

- agar boshqa brauzerlardan [maʼlumotlarni import qilishni](https://browser.yandex.ru/help/uz/about/import.md) tanlasangiz, Tabloga siz tez-tez ochgan saytlar kiradi;

- agar siz maʼlumotlarni import qilishdan voz kechsangiz, Tabloda standart saytlar toʻplami paydo boʻladi.

Vaqti-vaqti bilan Brauzer Tablodagi piktogrammalarni yangilaydi, siz boshqalarga qaraganda [Aqlli satr](*smart-link) qidiradigan yoki Tablo orqali ochadigan saytlarni kiritadi. Kerakli piktogrammalarni yoʻqotmaslik uchun ularni [mahkamlang](https://browser.yandex.ru/help/uz/personalization/tableau.md#edit-tableau).

Agar siz Tablodagi saytni oʻchirgan boʻlsangiz, uni faqat qoʻlda qaytarishingiz mumkin boʻladi. Bunday saytlar Tabloga avtomatik tarzda kiritilmaydi.


## Tabloga piktogrammalarni kiritish {#add_site}

1. Yangi ilovani oching.

1. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.svg) tugmasini bosing.

1. **Tablo** boʻlimida **Sozlash** → **Sayt qoʻshish** bandini tanlang.

1. Tabloga qo‘shmoqchi bo‘lgan saytni ko‘rsating. Saytni **Ommabop** yoki **Yaqinda kirilganlar** ro‘yxatidan tanlashingiz yoki uning manzilini oddiy usulda kiritishingiz mumkin.

1. **Tayyor** ustiga bosing.

Boshqa variant: Tabloda boʻsh piktogrammani bosing va kerakli saytni koʻrsating.


{% note alert "Cheklov" %}

Tabloga 24 tagacha piktoramma kiritish mumkin.

{% endnote %}

![](../_image/tableau-add-site.png){.border-yes}

{% note tip %}

Agar kerakli sayt ochiq boʻlsa, Aqlli satrda ![](../_image/menu-tibar-new.svg) → **Tabloga qoʻshish** tugmasini bosing.

{% endnote %}



## Piktogrammalarni tahrirlash {#edit-tableau}

Piktogrammalarni sudrash orqali ularning joylarini almashtirish mumkin.

Tablo kontentini boshqarish uchun tahrirlash rejimiga o‘ting:

- **alohida plitka uchun**&nbsp;— sichqoncha koʻrsatkichini plitka ustiga olib boring va ![](../_image/settings-widget-icon.svg) tugmasini bosing

- **barcha plitkalar uchun**&nbsp;— Tablodagi plitkalardan birini bosib turing yoki ekranning pastki oʻng burchagida **![](../_image/ntp-settings.svg)**&nbsp;→ **Sozlash** tugmasini bosing.


{% note info %}

Tahrirlashdan keyin oʻzgarishlarni saqlash uchun **Tayyor** yoki **Enter** tugmasini bosing.

{% endnote %}


Tahrirlash rejimida quyidagilarni bajara olasiz:

![](../_image/tableau-edit-mode-2.png)

![](../_image/1-icon.svg)&nbsp;— piktogrammani olib tashlash;

![](../_image/2-icon.svg)&nbsp;— piktogrammani tahrirlash;

![](../_image/3-icon.svg)&nbsp;— piktogrammani qadash;

![](../_image/4-icon.svg)&nbsp;— piktogrammani yechish.

**Tahrirlashning qo‘shimcha imkoniyatlari**

#|

||
Piktogramma havola etadigan saytni almashtirish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.svg)**&nbsp;→ **Saytni oʻzgartirish**&nbsp;→ tugmasini bosing va Tablo ostidagi qatorga sayt manzilini kiriting.
||

||
Piktogrammaga sayt nomini kiritish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.svg)**&nbsp;→ **Saytni oʻzgartirish** bandini bosing, soʻng Tablo ostidagi qatorda **Imzo qoʻshish** tugmasini bosing va sayt nomini kiriting.
||

||
Piktogrammada sayt nomini oʻzgartirish
|
**![](../_image/settings-widget-icon.svg)**&nbsp;→ **Saytni oʻzgartirish** tugmasini bosing, soʻngra Tablo ostidagi qatorda sayt nomini tahrirlang.
||
|#



## Tablodagi jildli piktogrammalar {#groups}

Piktogrammalarni jildlarga guruhlashingiz mumkin. Masalan, Yandex xizmatlari havolalariga ega piktogrammalarstandart holatda bitta jildga guruhlangan.

![](../_image/widget-folders-2.png){.border-yes}

{% cut "Piktogrammali jild yaratish" %}

1. Tabloni oching.

1. Kursorni biror sayt piktogrammasiga olib keling va uni boshqa saytning piktogrammasiga sudrang. 1-2 soniya ushlab turing.

1. Yangi jild oynasi ochiladi. Piktogrammani unga joylang.

1. Jildni yoping.

1. Guruhlanishi kerak boʻlgan barcha saytlar piktogrammalarini jildga joylashtiring.

Agar Tabloda kerakli saytlar piktogrammalari aks etmasa, jild yarating va unga piktogrammalarni kiriting:

1. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.svg) tugmasini bosing.

2. **Tablo** boʻlimida **Sozlash** → **Jild qoʻshish** bandini tanlang.

1. Jild nomini kiriting.

1. **Sayt qoʻshish** tugmasini bosing va sayt manzilini yoki nomini kiriting.

1. Piktogrammalari jildga kiritilishi kerak boʻlgan barcha saytlar uchun mazkur harakatni takrorlang.

1. **Tayyor** ustiga bosing.

{% endcut %}


{% cut "Piktogramma jildini olib tashlash" %}

1. Tabloni oching.

2. Sichqoncha kursorini jild ustiga olib keling.

3. Jildning yuqori oʻng burchagida **![](../_image/settings-widget-icon.svg)** → **Oʻchirish** bandlarini bosing.

{% endcut %}



## Tabloni saqlash {#synch-tableau}

Turli xil qurilmalarda har xil sevimli saytlaringiz bo‘lishi mumkin, shu sababli qurilmalardagi Tablo bir-biridan mustaqil ravishda shakllanadi. Tabloning turli versiyalari serverda avtomatik ravishda saqlanadi, shunda siz ularning istalganini qayta tiklay olasiz.


{% cut "Tabloni tiklash" %}

Qayta oʻrnatilganda Brauzer Tabloning avvalgi versiyasini qaytarib beradi yoki bir nechta mavjud versiyadan birini tanlashni taklif qiladi.

Saqlangan versiyalarni koʻrish va kerakligini tiklash uchun:

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg)&nbsp;→ **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. **Tablo** opsiyasining oʻng tomonidagi **Tanlash va tiklash** tugmasini bosing.

1. **Tabloni tiklash** oynasida kerakli versiyani tanlang.

Qurilmalaringiz oʻrtasida Tablo versiyalarini saqlash va almashishni oʻchirish uchun:

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg)&nbsp;→ **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. **Tablo** parametrini faolsizlantiring. Ma’lumotlar faqat ushbu qurilmada saqlanadi.

{% endcut %}


## Tablo piktogrammalari yoʻqolmoqda {#widgets-disappear}

Tablodagi piktogrammalar oʻzgarib turadi, chunki ularning ro‘yxati siz ko‘p kiradigan sahifalardan avtomatik ravishda shakllantiriladi. Piktogrammalar yoʻqolmasligi uchun ularni mahkamlash mumkin.


{% cut "Bitta piktogrammani mahkamlash" %}


1. Tabloni oching.

1. Koʻrsatkichni plitkaga yoʻnaltiring va **![](../_image/settings-widget-icon.svg)**&nbsp;→ **Mahkamlash** tugmasini bosing. Agar plitka allaqachon mahkamlangan boʻlsa, menyuda **Mahkamlash** boʻladi.


{% note info %}

Plitkani mahkamlash uchun kontekst menyusidan **Mahkamlash** bandini ham tanlashingiz mumkin.

{% endnote %}



{% endcut %}

{% cut "Bir necha piktogrammalarni mahkamlash" %}


1. Tabloni oching.

1. Ekranning pastki o‘ng burchagida ![](../_image/ntp-settings.svg) tugmasini bosing.

1. **Tablo** boʻlimida **Sozlash** bandini tanlang.

1. Kerakli plitkalarni ![](../_image/unpin-widget-icon.svg) belgini bosib mahkamlang.

1. **Tayyor** ustiga bosing.


{% endcut %}



## Tablo bilan ishlash uchun tezkor tugmalar va sichqoncha harakatlari {#hotkeys}


{% list tabs %}

- Windows va Linux


  **Tezkor tugmalar**

  #|

  ||
  Tabloni ochish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**T**
  ||

  ||
  Tablo ochilgandan keyin saytga o‘tish
  |
  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**1, 2...**
  ||

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**L**

  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**D**

  **F6**
  ||

  ||
  Plitkani oʻngga surish
  |
  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**→**

  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**↓**
  ||

  ||
  Plitkani chapga surish
  |
  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**←**

  **Alt**&nbsp;+&nbsp;**↑**
  ||
  |#


  {% note alert %}

  Ishorani bajarganda sichqonchaning oʻng tugmasini bosib turing.

  {% endnote %}


  **Sichqoncha harakati**

  #|

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  ![](../_image/gesture-up.svg)
  ||
  |#


- macOS


  **Tezkor tugmalar**

  #|

  ||
  Tabloni ochish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**T**
  ||

  ||
  Tablo ochilgandan keyin saytga o‘tish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**1, 2...**
  ||

  ||
  Plitkani oʻngga surish
  |
  **⌥**&nbsp;+&nbsp;**→**

  **⌥**&nbsp;+&nbsp;**↓**
  ||

  ||
  Plitkani chapga surish
  |
  **⌥**&nbsp;+&nbsp;**←**

  **⌥**&nbsp;+&nbsp;**↑**
  ||
  |#



  {% note alert %}

  Ishorani bajarganda sichqonchaning oʻng tugmasini bosib turing. Agar bitta tugmali sichqonchadan foydalansangiz, barcha harakatlarni **Ctrl** tugmasi va sichqonchani ushlab turib bajaring.

  {% endnote %}


  **Sichqoncha harakati**

  #|

  ||
  Tabloni ochish va kursorni Aqlli satrga oʻrnatish
  |
  ![](../_image/gesture-up.svg)
  ||
  |#


{% endlist %}

#### Batafsil ma’lumot oling

- [Tezkor tugmalar](https://browser.yandex.ru/help/uz/useful-features/hotkeys.md)

- [Sichqoncha yordamida boshqarish](https://browser.yandex.ru/help/uz/useful-features/gestures.md)



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->




[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.