---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://browser.yandex.ru/help/en/security/file-checking.md
  - https://browser.yandex.ru/help/kk/security/file-checking.md
  - https://browser.yandex.ru/help/ru/security/file-checking.md
  - https://browser.yandex.ru/help/tr/security/file-checking.md
  - https://browser.yandex.ru/help/uz/security/file-checking.md
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/security/file-checking.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801




# Neyroprotekt: yuklanayotgan fayllarni tekshirish


{% note alert %}

[Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) zararli fayl [yuklanishini](https://browser.yandex.ru/help/uz/working-with-files/download-files.md) bloklaydi, biroq u to‘laqonli antivirus hisoblanmaydi. Shu bilan birga, Neyroprotekt texnologiyasi Brauzerni antiviruslar bloklamaydigan kompyuter tahdidlaridan [himoya qiladi](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/protection.md). To‘liq himoya qilish uchun ikkalasini ham ishlatishni tavsiya etamiz.

Agar faylni yuklab ololmasangiz, lekin uning xavfsizligiga ishonchingiz komil boʻlsa, quyidagilarni faolsizlantirib koʻring:

- antivirus (agar oʻrnatilgan boʻlsa);
- [Windows himoyachisi](https://ru.wikipedia.org/wiki/Защитник_Windows) va uning brandmauri;
- [Brauzerda himoyalash](#switch-off).

Keyin qayta yuklab oling va himoyani qayta yoqing.

{% endnote %}


## Yuklab olinadigan fayllarni avtomatik tekshirish {#file-checking-automatic}


{% note alert "Cheklov" %}

Tekshiruv faqat Window platformasida ishlaydi.

{% endnote %}


Internetdan yuklab olingan fayllar [zararli](https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompyuter_virusi) yoki keraksiz dasturlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular kompyuteringizni sekinlashtiradi va bloklaydi, ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi, spamni yuboradi, yoqimsiz reklamalarni tarqatadi va brauzerlarning kutilmagan xatti-harakatlariga olib keladi.

Shuning uchun Brauzer aniq va fonda yuklab olingan barcha arxivlarni va bajarilayotgan fayllarni tekshiradi. Yuklab olish boshlanganidan keyin Brauzer faylning ayrim xususiyatlarini ajratadi va ularni Yandex serveriga tekshirish uchun yuboradi. Butun fayl uzatilmaydi, shuning uchun tekshirish tez o‘tadi. Bu vaqtda faylni ochish mumkin emas va [Aqlli chiziq](*smart-link)ning o‘ng tomonidagi belgisi shaffof bo‘ladi.

Tekshiruvdan soʻng zararlangan va shubhali fayllar ![Zararlangan fayl](../_image/file-virus-icon.svg) belgisi bilan belgilanadi.

![](../_image/file-virus.png){.border-yes}

#### Batafsil ma’lumot oling

- [Fayllarni yuklash](https://browser.yandex.ru/help/uz/working-with-files/download-files.md)


## Xavfli fayllarni bloklash {#dangerous}

Zararli dasturlar kompyuterga kirib, uning ishini sekinlashtiradi yoki bloklaydi, ma’lumotni o‘g‘irlaydi, o‘zgartiradi yoki yo‘q qiladi. Shuningdek, ular parollarni ushlab, spamni yuborishadi va tarmoqdagi boshqa qurilmalarni zararlashadi.

Agar yuklab olinadigan fayl o‘z ichiga [zararli dasturiy ta’minotni](https://yandex.uz/support/common/uz/security/virus-security.html) olgan bo‘lsa, Brauzer uni bloklaydi. Zararlangan fayl ![](../_image/file-virus-icon.svg) belgisi bilan belgilanadi va uni ochishga uringaningizda ogohlantirish chiqadi.

![](../_image/dangerous-file.png =500x){.border-yes}

Tarkibida zararli dastur mavjud fayllarni saqlashda Brauzer nomiga `infected` kengaytmasini qo‘shadi. Ushbu shakldagi faylni Brauzerdan yoki boshqa dasturlardan ishga tushirish mumkin emas. Virusli fayl endi tahdid solmaydi, garchi kompyuteringizdagi antivirus uni xavfli deb hisoblashi mumkin.

Agar siz virusli faylni darhol o‘chirmagan bo‘lsangiz, buni keyinroq bajarishingiz mumkin:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Yuklamalar** yoki **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**J** klavishini bosing.

1. Koʻrsatkichni kerakli fayl nomi ustiga olib boring va **Yana**&nbsp;→ **Xavfli faylni oʻchirish** tugmasini bosing.

Agar fayl tahdidlarga ega emasligiga ishonchingiz komil boʻlsa, uni [koʻrsatmalarga](#switch-off) muvofiq oching.


## Shubhali fayllar haqida ogohlantirish {#suspicious}

Ba’zi fayllar va arxivlar ochilgandan so‘ng, foydalanuvchiga bildirmay, yoqimsiz reklamalarni ko‘rsatadigan, brauzerda avtomatik ravishda begona sahifalarni ochadigan va bildirmay boshqa harakatlar qiladigan dasturlar va [kengaytirishlar](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/check-extensions.md#bad-extensions) o‘rnatadi.

Bunday fayllarni Brauzer shubhali deb hisoblaydi, ![](../_image/file-virus-icon.svg) belgisi bilan belgilaydi va ularni ochishga uringaningizda ogohlantirish chiqadi.

![](../_image/suspisious-file.png =500x){.border-yes}

Shubhali fayllarni ochmaslikni tavsiya qilamiz. Lekin agar buni amalga oshirishga qaror qilsangiz:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Yuklamalar** yoki **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**J** klavishini bosing.

1. Koʻrsatkichni kerakli fayl nomi ustiga olib boring va **Yana**&nbsp;→ **Xavfli faylni ochish** tugmasini bosing.


## Xavfli faylni qanday ochish mumkin {#switch-off}

Agar Brauzer faylni ochishga ruxsat bermasa, lekin unda zararli dastur yoki virus yoʻqligiga ishonchingiz komil boʻlsa, faylni antivirus yordamida tekshiring. Shunda uning xavfsizligiga ishonch hosil qilasiz.

{% note alert %}

Xavfli faylni ochish uchun tizimda va Brauzerda zararli saytlar va dasturlardan himoyani butunlay oʻchirib qoʻyishingizga toʻgʻri keladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.

{% endnote %}

1. Faolsizlantiring:

   - antivirus (agar oʻrnatilgan boʻlsa);
   - [Windows himoyachisi](https://ru.wikipedia.org/wiki/Защитник_Windows) va uning brandmauri.

1. Yuklanadigan fayllarni tekshirishni faolsizlantiring:

    1. Brauzerda **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.

    1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.

    1. **Tahdidlardan himoya** boʻlimida quyidagi parametrlarni faolsizlantiring:

        * **Kirilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish**;

        * **Shubhali fayllar va saytlar haqidagi maʼlumotlarni Yandexga yuborish**.

1. Faylni yuklab oling.

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Yuklamalar** yoki **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**J** tugmasini bosing.

1. Koʻrsatkichni kerakli fayl nomi ustiga olib boring va **Yana**&nbsp;→ **Faylni ochish** tugmasini bosing.

{% cut "Yuklanadigan fayllarni tekshirishni yoqing" %}

<!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/turn-on-sending-security-info.md -->
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.

1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.

1. **Tahdidlardan himoya** boʻlimida quyidagi parametrlarni yoqing:

    * **Kirilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish**;

    * **Shubhali fayllar va saytlar haqidagi maʼlumotlarni Yandexga yuborish**.
<!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/turn-on-sending-security-info.md -->

{% endcut %}

#### “Zararli saytlar va dasturlardan himoya” boʻlimidan boshqa maqolalar:

- [Xavfli sahifalarni bloklash](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/virus-protection.md)

- [Xavfli kontentni bloklash](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/insecure-content-blocking.md)

- [Kengaytmalarning xavfsizligini tekshirish](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/check-extensions.md)



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->



[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.