---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://browser.yandex.ru/help/en/security/protect-panel.md
  - https://browser.yandex.ru/help/kk/security/protect-panel.md
  - https://browser.yandex.ru/help/ru/security/protect-panel.md
  - https://browser.yandex.ru/help/tr/security/protect-panel.md
  - https://browser.yandex.ru/help/uz/security/protect-panel.md
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/security/protect-panel.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.ru/help/uz/llms.txt?revision=r21839801



# Neyroprotekt

Internetda xavfsiz ishlashingiz uchun [Yandex Brauzeri](https://browser.yandex.uz/) [Neyroprotekt](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/protection.md) kompleks himoya tizimidan foydalanadi. [Aqlli satr](*smart-link) belgilari sizga Neyroprotekt maʼlumotlari va sozlamalariga tezkor kirishga yordam beradi.

{% note warning %}

Neyroprotektni butunlay oʻchirib boʻlmaydi, lekin siz [uning ishlashini cheklashingiz mumkin](#limit).

{% endnote %}

## Neyroprotekt belgilari {#whatis}

Xavfsizlik belgilari sahifa manzilining chap tomonidagi Aqlli satrda chiqadi. Neyroprotekt panelini ochish uchun belgisini bosing. U yerda xavfsizlik tafsilotlarini ko‘rasiz va u bilan bog‘langan sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin.

![](../_image/protect-panel.png)

##### Quyidagi belgilarni ko‘rishingiz mumkin: {#icons1}

<div class="striped-none">

#|
||
**Belgi**
|
**Neyroprotekt funksiyasi**
||

||
![](../_image/globus.svg)![](../_image/grey-lock.svg)![](../_image/red-danger.svg)
|
[Ulanish holati](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/protect-panel.md#icons)
||

||
![](../_image/safe-mode-icon.svg)
|
[Himoyalangan rejim](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/safe-mode.md)
||

|#

</div>

## Ulanish holati {#icons}

<div class="striped-none">

#|
||
**Belgi**
|
**Neyroprotekt funksiyasi**
||
||
![](../_image/globus.svg)
|
Himoyalanmagan HTTP bayonnomasi ishlatiladi. Sahifa ma’lumotlaringiz uchun [xavfli](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/untrusted-sertificates.md#others) bo‘lishi mumkin. Masalan, sayt sertifikati bekor qilingan yoki eskirgan. Bunday saytlarda shaxsiy ma’lumotlarni (ayniqsa, to‘lov ma’lumotlarini) kiritish kerak emas, chunki u jinoyatchilar tomonidan osongina o‘g‘irlanishi mumkin.
||

||
![](../_image/grey-lock.svg)
|
Shifrlash orqali maʼlumotlarni xavfsiz yuborishni ta’minlovchi [HTTPS](https://uz.wikipedia.org/wiki/HTTPS) protokoli ishlatiladi. Agar Aqlli satrda bunday belgi boʻlmasa, saytga maxfiy ma’lumotlarni (masalan, bank kartasi raqamini) kiritishni tavsiya etmaymiz.
||

||
![](../_image/red-danger.svg)
|
Fishing va firibgarlik boʻlishi mumkin, sayt shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻgʻirlashga urinishi mumkin.
||

||
![](../_image/no-safety-data.svg)
|
Brauzerda sayt bilan aloqa xavfsizligi haqida ma’lumot yo‘q.
||

||
![](../_image/yandex-page.svg)
|
Brauzerning ichki sahifasi. Ma’lumotlaringiz himoyalangan.
||
|#

</div>


## Ulanish holati haqida batafsil ma’lumot {#detailed-information}

Ulanish xavfsiz yoki yoʻqligini bilish uchun:

1. Sayt sahifasini oching.

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](#icons) belgisini bosing.

1. Neyroproekt paneli ochiladi. Ulanish holati haqida axborot ustiga bosing.


## Umumiy xavfsizlik sozlamalari {#common-security-settings}

Neyroprotekt panelidagi aksariyat sozlamalar ochiq sahifa uchun amal qiladi. **Qoʻshimcha** boʻlimiga barcha saytlar uchun amal qiladiganlari kiritilgan. Ularni oʻzgartirish uchun:

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](#icons) belgisini bosing.
1. Neyroprotekt panelida **Qoʻshimcha** tugmasini bosing va quyidagi parametrlarni yoqing:

    - **Xavfli saytlarda bank kartasi raqamini kiritish haqida ogohlantirish**&nbsp;—&nbsp;[to‘lov kartalarini himoya qilishni](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/card-protection.md) faollashtirish uchun.
    - **Yoqimsiz yoki shokka tushiradigan tasvirli reklamani bloklash**&nbsp;—&nbsp;[nomaqbul reklamani](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/ad-protection.md) ko‘rmaslik uchun.



{% note info %}

Neyroprotekt panelida siz hozirda tashrif buyurgan sayt uchun mavjud elementlarni [qayta ishlash qoidalarini](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/permissions.md#what) oʻzgartirishingiz mumkin (masalan, unga mikrofondan foydalanishni taqiqlash). Agar barcha saytlar uchun birdaniga qayta ishlash qoidalarini almashtirishingiz kerak bo‘lsa, buni sozlamalarda [amalga oshiring](https://browser.yandex.ru/help/uz/security/permissions.md#settings).

{% endnote %}

## Himoya funksiyalarini yoqish yoki faolsizlantirish {#limit}

{% note alert %}

Qurilmangiz xavfsizligini taʼminlash uchun **Tahdidlardan himoya** parametrlarini faolsizlantirishni qatʼiyan tavsiya etmaymiz.

{% endnote %}

Xavfsizlik funksiyalarini yoqish yoki faolsizlantirish uchun:
1. Brauzerda ![](../_image/settings-icon.svg)&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Xavfsizlik**&nbsp;→ **Tahdidlardan himoya** tugmasini bosing.
1. Parametrlarni yoqing yoki faolsizlantiring:
    * **Kirilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish**;
    * **Shubhali fayllar va saytlar haqidagi maʼlumotlarni Yandexga yuborish**;
    * **Bank kartalari anti-fishingi**;
    * **Onlayn banklar va toʻlov tizimlari sahifalarini xavfsiz rejimda ochish**.



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->





[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.