Yandeks Stansiyalari va boshqa Alisali kolonkalar uchun dasturiy ta’minotdan foydalanishga Litsenziya bitimi

Iltimos, dasturdan foydalanishdan oldin quyidagi litsenziya bitimining shartlari bilan tanishib chiqing.

Siz tomoningizdan dasturdan har qanday tarzda foydalanish ushbu litsenziya bitimining shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilganingizni anglatadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Atamalar va ta’riflar:

Yandeks ("Yandeks", xizmatlari foydalanuvchi kelishuvi da ko'rsatilganidek, quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.uz/legal/rules), manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, Dasturga nisbatan mutlaq huquq egasi;

Foydalanuvchi — Qurilmani boshqarishni amalga oshiradigan Internet tarmog‘i foydalanuvchisi;

Qurilma — Yandeksning Aqlli kolonkalari, hamda Ovozli yordamchi funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan Yandeks hamkorlarining Aqlli kolonkalari bilan birgalikda;

Yandeksning Aqlli kolonkalari — «Yandeks» logotipi bilan brendlangan aqlli kolonkalar, ular haqidagi ma’lumot https://alice.yandex.uz/uz/ manzilidagi «Stansiyalar» bo‘limida taqdim etilgan, shuningdek Yandeks TV Stansiyalari;

Yandeks hamkorlarining Aqlli kolonkalari — Yandeks hamkorlarining logotiplari bilan brendlangan aqlli kolonkalar;

Funksiyalar (Qurilma funksiyalari) — Foydalanuvchi tomonidan Qurilmani boshqarish va undan foydalanish bo‘yicha funksional imkoniyatlar;

Dastur — Qurilmada taqdim etiladigan va Qurilmadagi mavjud bo‘lgan Funksiyalarni boshqarish imkoniyatini ta’minlovchi dasturiy ta’minot;

Ovozli yordamchi — «Alisa» ovozli yordamchisi, undan foydalanish https://yandex.ru/legal/alice_termsofuse manzilidagi Shartlarga asosan amalga oshiriladi;

Yandeks ID — Foydalanuvchining Yandeks servislaridagi (https://passport.yandex.uz/profile) Yandeks ID servisidan foydalanish Shartlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://yandex.uz/legal/id_termsofuse) qayd yozuvi;

Litsenziya — Ovozli yordamchi funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan Qurilmalar uchun dasturiy ta’minotdan foydalanishga mazkur litsenziya bitimi, «Internet» tarmog‘idagi quyidagi manzilda e’lon qilingan: https://yandex.ru/legal/station_license;

Ilova — Qurilmani sozlash hamda uning ayrim Funksiyalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan mobil qurilmalar uchun ilovalar, shu jumladan, mobil qurilmalar uchun «Alisali uy» dasturi (https://yandex.ru/legal/smarthome_mobile_agreement.

Yandeks Servislari — Yandeks va/yoki uning affillangan shaxslariga tegishli bo‘lgan Internet tarmog‘idagi xizmatlar, dasturiy mahsulotlar, saytlar;

Uchinchi shaxslarning servislari — uchinchi shaxslarga tegishli bo‘lgan xizmatlar, dasturiy mahsulotlar, Internet tarmog‘idagi saytlar;

Kontent — Dasturda mavjud bo‘lgan yoki Dastur orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan tasvirlar, audio-, video materiallar.

Tartibga soluvchi hujjatlar — mazkur Litsenziyaning 1.2.-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar.

1.2. Dasturdan foydalangan holda, Foydalanuvchi quyidagi hujjatlar ushbu Litsenziyaning ajralmas qismlari ekanligiga va ularning shartlari Foydalanuvchiga Dasturdan foydalanishida to‘liq tatbiq etilishiga rozilik bildiradi:

1.3. Dasturdan istalgan tarzda foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi mazkur Litsenziya shartlarini, shuningdek, Tartibga soluvchi hujjatlar shartlarini to‘liq hajmda, so‘zsiz va hech qanday istisnosiz qabul qilgan deb hisoblanadi.

1.4. Litsenziya shartlari Yandeks tomonidan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin, agar Litsenziyaning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Litsenziyaning yangi tahriri ushbu bandda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Internet tarmog‘iga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Litsenziyaning amaldagi tahriri doimo quyidagi manzildagi sahifada mavjud: https://yandex.ru/legal/station_license.

1.5. Dasturdan foydalanganda, Foydalanuvchi axborot (servis) xarakteriga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi olingan xabarda ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga amal qilgan holda xabarlarni olishdan voz kechishi mumkin.

2. Qurilmani ulash va boshqarish

2.1. Dastur Foydalanuvchiga Qurilmadan bunday Qurilmada mavjud bo‘lgan Funksiyalariga muvofiq ravishda foydalanish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi, Qurilma modeli va Foydalanuvchi joylashgan hududiga qarab, Dastur tarkibidagi ayrim Funksiyalar va/yoki ayrim Kontent turlari texnik jihatdan mavjud bo‘lmasligi mumkin.

2.2. Dasturdan faqat Internet tarmog‘idan foydalanish hamda Qurilmani Wi-Fi orqali tarmoqqa ulash imkoniyati mavjud bo‘lgandagina foydalanish mumkin. Foydalanuvchi mustaqil ravishda o‘z aloqa operatori yoki Internet tarmog‘idan foydalanish provayderining shartlari va tariflari asosida bunday foydalanish xizmatini oladi va unga haq to‘laydi.

2.3. Foydalanuvchi Qurilma orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan Yandeks yoki uchinchi shaxslarning ba’zi Funksiyalari va Servislari faqat Yandeks Plyus obunalari oilasiga oid faol obunasi mavjud bo‘lganda, https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions manzilida joylashtirilgan Yandeks Plyus obunasi shartlariga muvofiq Foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin.

2.4. Foydalanuvchi maxsus tugmalar, pult yoki ekran (mavjud bo‘lsa) yordamida, shuningdek, Foydalanuvchining mobil qurilmasiga o‘rnatilgan Ilova sozlamalari orqali, yoki Ovozli yordamchiga yo‘naltirilgan ovozli buyruqlar bilan Funksiyalarni faollashtirish orqali Qurilmani boshqarishi mumkin.

2.5. Dasturdan foydalanish va Qurilmani boshqarish uchun Foydalanuvchi Yandeks ID yordamida Ilovada avtorizatsiyadan o‘tishi va Ovozli yordamchi tomonidan aytilgan yoki Qurilmada ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga muvofiq Qurilmani sozlashi lozim.

Yandeksning Aqlli kolonkalarini sozlash va ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotni https://yandex.ru/support/station/start/turn-on.html manzilidagi sahifadan olish mumkin. Yandeks hamkorlarining Aqlli kolonkalarini sozlash va ulardan foydalanish tartibi haqidagi ma’lumotlar tegishli Qurilmalar ishlab chiqaruvchilarining ma’lumotnoma sahifalarida mavjud.

3. Qurilmalarning ayrim funksiyalaridan foydalanish

3.1. Qurilmadan foydalanganda Foydalanuvchi ovozdan tanish funksional imkoniyatini faollashtirishi mumkin. Funksiyani faollashtirish uchun Foydalanuvchi sinov iboralarini yozib olishi lozim. Funksiya faollashtirilgani tasdiqlangach, Yandeks Servislarida eng aniq tavsiyalarni shakllantirish (masalan, Yandeks.Musiqa servisidagi musiqani afzal ko‘rishlarni baholashda) hamda Foydalanuvchining buyrug‘iga mos relevant javob berish maqsadlarida, Qurilma Foydalanuvchi bergan buyruqlarni uchinchi shaxslar tomonidan aytilgan buyruqlardan farqlay oladi.

Yandeks ushbu funksiyaning aniq va uzluksiz ishlashiga, shu jumladan Foydalanuvchini to‘g‘ri aniqlash yoki Foydalanuvchini uchinchi shaxslar bilan adashtirmasligiga kafolat bermaydi.

Funksiyani faollashtirganda, Foydalanuvchi olingan ovozli yozuvidan foydalanishga, shu jumladan Foydalanuvchi ovozli buyruqlarni berish paytida Qurilma tomonidan uni tanib olish imkoniyatini ta’minlash uchun Foydalanuvchi ovozli yozuvining matematik modelini avtomatik tarzda yaratilishga rozilik bildiradi.

Foydalanuvchining ovozli yozuvi va ovozli yozuvining matematik modelini qayta ishlash hamda saqlash Qurilmada amalga oshiriladi va https://yandex.uz/legal/confidential manzilida e’lon qilingan Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq ravishda bajariladi.

Funksiya Foydalanuvchini identifikatsiya qilish vositasi emas, shuningdek, Qurilmani uning Funksiyalaridan uchinchi shaxslarning foydalanishidan himoya qilish vositasi ham emas, u faqatgina yuqorida belgilangan maqsadlarga xizmat qiladi. Yandeks ovozli yozuv modelidan Qurilmada saqlash va Foydalanuvchini tanib olish, yuzaga kelgan texnik muammolarni hal qilish hamda Qurilmalar Funksiyalarini rivojlantirish, shuningdek qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanmaydi.

Agar Foydalanuvchi funksiyani o‘chirmoqchi bo‘lgan taqdirda, u Ovozli yordamchiga tegishli buyruqni berishi mumkin va ushbu buyruq tasdiqlanganidan so‘ng olingan ovozli yozuv ma’lumotlari o‘chirib tashlanadi. Funksiyani faollashtirish va o‘chirish haqida batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi manzildagi ma’lumotnoma sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin: https://yandex.ru/support/station/settings/voice-profile.html.

3.2. Foydalanuvchi «Alisali uy» ilovasidagi mavjud bo‘lgan «Uyga taklifnoma» funksionalligi doirasida uchinchi shaxslarga Qurilmani boshqarishga ruxsat berishi mumkin. Foydalanuvchi bunday holda uchinchi shaxslar Qurilmaning ayrim funksiyalarini faollashtirish va o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lishini, shu jumladan, ularga ovozdan tanish funksiyasini faollashtirish imkoniyati ham berilishi mumkinligini tushunadi va bunga rozilik beradi.

3.3. Foydalanuvchi voyaga yetmagan shaxslar tomonidan Qurilmani boshqarish faqat voyaga yetgan Foydalanuvchining roziligi bilan va nazorati ostida amalga oshirilishi mumkinligini tushunadi va bunga rozilik beradi.

Foydalanuvchi Ilovada voyaga yetmaganlarning Dasturdan foydalanishi uchun yoshga qarab tegishli sozlamalar va cheklovlarni mustaqil ravishda o‘rnatadi.

3.4. Foydalanuvchi Dastur orqali Ovozli yordamchiga mos keladigan boshqa aqlli qurilmalarni ham boshqarishi mumkin.

Foydalanuvchi Ovozli yordamchiga mos keladigan aqlli qurilmalarni mustaqil ravishda tanlaydi, xarid qiladi va sozlaydi.

3.5. Dasturdan foydalanishda Foydalanuvchi Yandeks Servislari va uchinchi shaxslarning Servislariga murojaat qilishi mumkin. Yandeks Servislaridan foydalanish tegishli foydalanish shartlari bilan tartibga solinadi. Uchinchi shaxslarning Servislaridan foydalanish esa bunday Servislardan foydalanish shartlari bilan tartibga solinadi. Yandeks yoki uchinchi shaxslarning Servislaridan foydalanishni boshlashdan oldin Foydalanuvchi ko‘rsatilgan shartlar bilan tanishib chiqish va ularni qabul qilish majburiyatini oladi.

3.6. Foydalanuvchiga SmartTV texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarga Yandeksning Aqlli kolonkasini ulash funksional imkoniyati taqdim etilishi mumkin (https://alice.yandex.ru/support/ru/station/tandem). Bunday holda, Foydalanuvchi https://yandex.ru/legal/tv_mobile_agreement_smarttv manzilda joylashgan SmartTV texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar uchun «YaOS» dasturiy ta’minotidan foydalanishga Litsenziya bitimi bilan tanishib chiqish va uni qabul qilish majburiyatini oladi.

3.7. Foydalanuvchiga Ilovadan yoki boshqa Qurilmadan, shuningdek, Ovozli yordamchi funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa Yandeks dasturlaridan (keyingi o‘rinlarda ‒ Anonslar funksiyasi) Qurilmaga xabar uzatish funksional imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Xabar Ovozli yordamchi tomonidan qanday qabul qilingan bo‘lsa, xuddi shunday ‒ o‘zgarmagan holda uzatiladi va u uzatilgan Qurilmada ovozlashtiriladi.

Anonslar funksiyasidan foydalanganda, Foydalanuvchi Qurilmaga uzatilgan axborot tegishli Qurilma joylashgan xonada Ovozli yordamchi tomonidan ovoz chiqarib aytilishi mumkinligini tushunadi va bu bilan bog‘liq xavf-xatarlarni mustaqil ravishda baholaydi.

3.8. Yandeks hamkorlarining displey bilan jihozlangan Aqlli kolonkalaridan foydalanganda, Foydalanuvchi Qurilmada dasturiy ilovalarni qaytadan ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foydalanuvchi ko‘rsatilgan ilovalar, ularning huquq egalari, foydalanish shartlari va boshqa yuridik ahamiyatga ega ma’lumotlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish majburiyatini oladi.

4. Litsenziya

4.1. Dasturga nisbatan mutlaq huquq Yandeksga tegishlidir.

Yandeks Servislari va uchinchi shaxslarning Servislariga, hamda ularning mazmuniga nisbatan mutlaq huquq ushbu Servislarning huquq egalariga tegishlidir. Servislar va ilovalarning haqiqiy huquq egalari haqidagi ma’lumotlar ushbu servis va ilovalarning interfeysida yoki Dasturning maxsus bo‘limida mavjuddir.

4.2. Yandeks Foydalanuvchiga bepul, oddiy (mutlaq bo‘lmagan) litsenziya shartlari asosida, mazkur Litsenziyaning 2 va 3-bo‘limlarida ko‘rsatilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri funksional maqsadda Dasturni qo‘llash orqali butun dunyo mamlakatlari hududida boshqa shaxslarga o‘tkazilmaydigan Dasturdan foydalanish huquqini taqdim etadi.

5. Cheklovlar

5.1. Mazkur Litsenziyada yoki amaldagi qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan hajmlarda va usullarda foydalanishni istisno qilganda, Foydalanuvchi Yandeksning yozma roziligisiz Dasturning obyekt kodini o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, dizassemblyatsiya qilish, deshifrlash va Dasturda qo‘llaniladigan algoritmlarni amalga oshirish haqida ma’lumot olish maqsadida obyekt kodiga nisbatan boshqa harakatlarni bajarish, Dasturdan foydalangan holda hosila asarlarni yaratish, shuningdek Dasturdan boshqacha tarzda foydalanishni amalga oshirish (yoki amalga oshirishga ruxsat berish) huquqiga ega emas.

5.2. Dasturdan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda, Qurilma taqdim etadigan texnik imkoniyatlar doirasida amalga oshiriladi. Dastur yoki Qurilmadan tijorat maqsadlarida foydalanish, shuningdek, Yandeks bilan maxsus kelishuv asosida amalga oshiriladigan hollardan tashqari, Qurilmani jamoat joylarida o‘rnatish taqiqlanadi.

5.3. Foydalanuvchi Yandeksning yozma roziligisiz Dasturni o‘zi olgan ko‘rinishdan farq qiladigan shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

Umuman Dasturning va uning alohida elementlarining interfeysi dizaynini tashkil etuvchi barcha obyektlarga bo‘lgan huquqlar Yandeksga yoki Kontentni Dastur tarkibiga kiritishga rozilik bildirgan boshqa uchinchi shaxslarga (shu jumladan Yandeks hamkorlariga) tegishlidir.

5.4. Xizmatlar, Ilovalar va Kontentga nisbatan huquqlar ularning qonuniy huquq egalariga tegishlidir. Foydalanuvchi Kontentdan sanksiyalanmagan foydalanishdan himoya qiluvchi texnik vositalarni chetlab o‘tishga qaratilgan hech qanday harakatlarni amalga oshirmayotganini va kelajakda ham amalga oshirmasligini kafolatlaydi. Kontentni har qanday ko‘chirish, takrorlash, qayta ishlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish, texnik himoya vositalarini chetlab o‘tish yoki Dastur tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar doirasidan tashqarida boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek, undan tijorat maqsadlarida har qanday foydalanish taqiqlanadi.

Yandeks va/yoki uchinchi shaxslarning mutlaq huquqlarini buzganlik uchun Foydalanuvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

5.5. Dastur quyidagi nom ostida ishlatilishi (shu jumladan tarqatilishi) kerak: «Yandeks Stansiyalari va boshqa Alisali kolonkalar uchun dasturiy ta’minot». Foydalanuvchi Dastur nomini o‘zgartirish, mualliflik huquqini himoya qilish belgisini (copyright notice) yoki Yandeksga boshqa ko‘rsatmani o‘zgartirish va/yoki olib tashlash huquqiga ega emas.

6. Foydalanuvchining ma’lumotlari

6.1. Foydalanuvchi Dasturdan foydalanish jarayonida Yandeksga avtomatik tarzda, Foydalanuvchiga bog‘lanmagan holda, foydalanilayotgan Funksiyalar, Funksiyalardan foydalanish statistikasi, Qurilmaning joylashuvi va boshqa texnik parametrlari haqidagi ma’lumotlar uzatilishi mumkinligi haqida bu bilan xabardor qilingan va bunga rozilik bildiradi.

6.2. Qurilmani Ovozli yordamchi orqali boshqarishda Ovozli yordamchining faollashtirilgan ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar, berilgan buyruqlar, ovozli yozuvlar, Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qidiruv so‘rovlari Yandeksga avtomatik ravishda uzatilishi mumkin. Ovozli yozuvlar, jumladan, ovozli yordamchi faollashtirilganda unga yo‘naltirilgan Foydalanuvchilarning gaplari so‘ralayotgan buyruqni aniqlash va keyinchalik ovozli yordamchining talab qilingan funksiyasini bajarish maqsadlarida (Yandeks xizmatlari foydalanuvchi kelishuvi da ko'rsatilganidek, quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.uz/legal/rules) uzatiladi.

Olingan ovozli yozuvlar Servis va uning alohida funksiyalarini tahlil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida Yandeks xodimlariga va u tomonidan shartnoma asosida jalb qilinadigan shaxslarga berilishi mumkin. Ovozli xat yozish va Foydalanuvchining kalendariga yozuvlar kiritish ssenariylari bundan mustasno, chunki bu holatlarda olingan yozuvlarni uzatish va ulardan foydalanish ko‘zda tutilmagan. Foydalanuvchi qayd yozuvining shaxsiy kabinetida o‘zining ovozli ma’lumotlaridan foydalanish sozlamalarini o‘rnatishi mumkin.

6.3. Barcha ma’lumotlar Maxfiylik siyosatiga (https://yandex.uz/legal/confidential) muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi.

7. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

7.1. Dastur «qanchalik mavjud» (as is) shartlari asosida taqdim etiladi. Yandeks Dasturning yoki alohida Funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashiga, Dastur va Funksiyalarning Foydalanuvchining aniq maqsadlari va umidlariga muvofiqligiga kafolat, shuningdek, ushbu Litsenziyada bevosita ko‘rsatilmagan boshqa hech qanday kafolat bermaydi.

Yandeks istalgan vaqtda Dastur yoki alohida Funksiyalarning ishlashini to‘liq yoki qisman o‘zgartirish, mavjud bo‘lgan funksiyalarni o‘chirish yoki yangi funksiyalarni qo‘shish huquqiga ega.

Ba’zi Funksiyalar ayrim turdagi Qurilmalarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Qurilma orqali foydalanish mumkin bo‘lgan Funksiyalar haqidagi ma’lumotlar bilan https://yandex.uz/alice manzilidagi «Stansiyalar» bo‘limida, shuningdek, tegishli Qurilma uchun yo‘riqnomada tanishib chiqish mumkin.

7.2. Yandeks Dastur yoki alohida Funksiyalar, Kontent yoki uning alohida qismlaridan foydalanish yoki foydalana olmaslikning har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari va/yoki Dastur yoki alohida Funksiyalardan har qanday tarzda foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik natijasida Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.

7.3. Yandeks Foydalanuvchi va uchinchi shaxslar Servislarining huquq egalari o‘rtasidagi munosabatlarning tarafi hisoblanmaydi. Yandeks uchinchi shaxslar Servislarining mavjud bo‘lganligiga, ularda xatolar yo‘qligiga, uzluksiz ishlashiga, Foydalanuvchining umidlariga va foydalanish maqsadlariga mos kelishiga kafolat bermaydi. Yandeks uchinchi shaxslar Servislari yuzasidan Foydalanuvchi oldida javobgar emas, shu jumladan, Qurilma orqali uchinchi shaxslar Servislaridan foydalana olish bilan bog‘liq Foydalanuvchiga yetkazilgan har qanday zararlar (jumladan, boy berilgan foyda) uchun javobgar emas.

7.4. Yandeks amaldagi qonunchilikka muvofiq Qurilma sifati uchun javobgar shaxs bo‘lgan hollardan tashqari, Yandeks Qurilmaning ishlash sifati va/yoki Qurilma ishlashidagi nosozliklar tufayli Dastur funksiyalarining noto‘g‘ri ishlashi uchun javobgar emas. Qurilmaning ishlash sifatiga oid da’volar bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha Foydalanuvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq Qurilmaning ishlash sifati uchun mas’ul shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi lozim.

8. Dasturning yangilanishlari/yangi versiyalari va uchinchi tomon dasturiy ta’minoti

8.1. Mazkur Litsenziya Dasturning barcha keyingi yangilanishlari/yangi versiyalariga nisbatan ham amal qiladi. Dasturning yangilanishi/yangi versiyasini o‘rnatishga rozilik berganda, agar Dasturning yangilanishi/yangi versiyasini o‘rnatish boshqa Litsenziya bitimi bilan kuzatilmagan bo‘lsa, Foydalanuvchi Dasturning tegishli yangilanishlari/yangi versiyalariga oid mazkur Litsenziya shartlarini qabul qiladi.

8.2. Qurilmalar funksiyalari tarkibida uchinchi tomon dasturiy ta’minoti ishlatilishi mumkin.

Ayrim qurilmalarning funksiyalari tarkibidagi uchinchi tomon dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumot https://yandex.ru/support/station-mini/libs.html manzilda yoki tegishli qurilma turlarining ma’lumotnoma sahifalarida mavjud.

8.3. Ayrim funksiyalarni taqdim etishda Yandeks YouTube API xizmatlaridan foydalanishni amalga oshiradi (https://developers.google.com/youtube/terms/api-services-terms-of-service-ru).

YouTube LLC kompaniyasi (901 Cherri Avenyu, San Bruno, Kaliforniya 94066) tomonidan taqdim etiladigan YouTube servisidan (https://www.youtube.com) (keyingi o‘rinlarda ‒ YouTube Servisi) Qurilma orqali foydalanganda, Foydalanuvchi https://www.youtube.com/t/terms manzilida e’lon qilingan YouTube servisidan foydalanish shartlari, shuningdek, http://www.google.com/policies/privacy manzilida e’lon qilingan Maxfiylik siyosati shartlari bilan tanishib chiqish va ularga rozilik berish majburiyatini oladi. Agar ko‘rsatilgan hujjatlar shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Qurilma orqali YouTube servisidan foydalanishni to‘xtatishi shart.

Foydalanuvchining Qurilma orqali YouTube Servisidan foydalanishi haqidagi ma’lumotlar Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) hamda YouTube servisining Maxfiylik siyosatiga (http://www.google.com/policies/privacy) muvofiq ravishda saqlanadi va qayta ishlanadi.

Foydalanuvchi Qurilmadan foydalanganda hamda u orqali YouTube Servisiga kirganda, Yandeks quyidagi ma’lumotlarni oladi va saqlaydi:

  • Foydalanuvchi Qurilmadan, xususan, Qurilma orqali YouTube Servisidan foydalanishda o‘zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar;

  • Qurilmadan foydalanish jarayonida unga avtomatik tarzda uzatiladigan ma’lumotlar, shu jumladan, IP-manzil, Foydalanuvchi foydalanayotgan qurilma va dasturiy ta’minotning texnik xususiyatlari, ishlashidagi xatoliklar haqidagi ma’lumotlar, Qurilma va YouTube Servisiga kirish sanasi va vaqti, so‘ralgan sahifalarning manzillari va shunga o‘xshash boshqa ma’lumotlar;

  • Qurilma tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan cookie-fayllar.

Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar Yandeks tomonidan Qurilmaga hamda YouTube Servisiga kirishni ta’minlash uchun Foydalanuvchini identifikatsiya qilish maqsadida, Foydalanuvchiga personallashtirilgan Qurilma funksiyalarini taqdim etish, uchinchi shaxslarning reklama materiallarini targetlashtirish, statistik va tadqiqot maqsadlarida, shuningdek, Funksiyalarning ishlashini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.

Yandex olingan ma’lumotlarni maxfiylik tamoyiliga binoan qayta ishlaydi va saqlaydi. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Maxfiylik siyosatining 7-bo‘limida (https://yandex.uz/legal/confidential) belgilangan hollardagina uzatilishi mumkin.

Foydalanuvchi YouTube servisiga kirishda Qurilma tomonidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olish imkoniyatiga ega. Buning uchun Foydalanuvchi Yandeksning qayta aloqa shakli (http://mobile-feedback.yandex.ru/?from=m-yandex) yoki YouTube servisining aloqa shakli (https://security.google.com/settings/security/permissions) orqali tegishli so‘rov bilan murojaat qilishi mumkin.

9. Boshqa qoidalar

9.1. Dasturdan foydalanish yuzasidan munosabatlar amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Yandeks va Foydalanuvchi o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, masala sud orqali hal etilishi mumkin.

9.2. Dasturdan foydalanish/foydalana olmaslik, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan qonunchilik va/yoki uchinchi shaxslar huquqlarining buzilishi mumkin bo‘lgan holatlari bilan bog‘liq barcha savollar va e’tirozlar https://yandex.ru/support/smart-devices-all/troubleshooting/feedback.html manzilidagi qayta aloqa shakli orqali va/yoki boshqa ko‘zda tutilgan usulda yuborilishi lozim.

Yandex MCHJ, Rossiya Federatsiyasi, Moskva, Lev Tolstoy ko'chasi, 16-uy, indeks 119021

Nashr qilingan sana: 23.09.2025